Все вакансии

Lead Backend Developer

Abba Marketing
Ташкент, Юнусабадский район, махаллинский сход граждан Мирзо Улугбек, Amir Temur koʻchasi, 2HH.ru

Описание вакансии

Abba Marketing — 2019-yildan buyon faoliyat yuritib, 1500 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan marketing agentligi. Biz SMM, web-saytlar, marketing strategiyalari va reklama kampaniyalari ustida ishlaymiz. Jamoamizga startup loyihamiz ustida ishlaydigan tajribali Backend dasturchi / texnik yetakchi qidirmoqdamiz. Ushbu lavozimda siz loyihaning backend qismini ishlab chiqish va rivojlantirish, kod sifati, arxitektura, ma’lumotlar bazasi, server va xavfsizlik masalalariga mas’ul bo‘lasiz. Vazifalar: - Startup loyihaning backend qismini ishlab chiqish va rivojlantirish - Python va FastAPI asosida yangi funksional imkoniyatlarni yaratish - Backend arxitekturasi va kod sifatini nazorat qilish - Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va uning strukturasini boshqarish - Linux serverlarini sozlash va boshqarish - Backend xavfsizligi va tizim barqarorligini ta’minlash - AI servis va texnologiyalarini loyihaga integratsiya qilish - Texnik yechimlarni ishlab chiqish va jamoada texnik yetakchilik qilish Talablar: - Middle+ yoki Senior darajadagi mutaxassis - Kamida 3 yil tijoriy dasturlash tajribasi - Kamida 2 yil Python backend dasturlash tajribasi - Python 3.11+ - FastAPI bilan ishlash bo‘yicha yaxshi tajriba - Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash tajribasi - AI texnologiyalarini backend loyihalarga integratsiya qilish tajribasi - Linux serverlari bilan ishlash ko‘nikmasi - Backend arxitekturasi va xavfsizlik tamoyillarini tushunish - Mustaqil ishlash va texnik qarorlar qabul qila olish Qo‘shimcha ustunliklar: - Meta (Facebook / Instagram) API bilan ishlash tajribasi - Meta Developer platformasida tajriba - Startup loyihalarda ishlagan bo‘lish - RAG (Retrieval-Augmented Generation) bilan ishlash tajribasi - Vektor qidiruv texnologiyalarini bilish - React / TypeScript bilan ishlash tajribasi - Mijoz paneli (client dashboard) ishlab chiqishda tajriba - Oylik kelishuv asosida
Открыть оригинал на HH.ru